Tramp Puerto-Riko uchun savdo cheklovlarini bekor qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp "Mariya" dovulidan aziyat chekkan Puerto-Riko uchun savdo cheklovini bekor qildi. Bu haqda Tramp matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi.
"Puerto-Riko gubernatori Rikardo Rossello murojaati bilan prezident Puerto-Riko uchun Jons qonuni amal qilishini bekor qilishga ruxsat berdi. Ushbu qaror darhol kuchga kiradi", deb yozgan Sanders tvitterda.
At @ricardorossello request, @POTUS has authorized the Jones Act be waived for Puerto Rico. It will go into effect immediately.
— Sarah Sanders (@PressSec) September 28, 2017
Jons qonuni deb ataluvchi kemachilik haqidagi qonun 1920 yil qabul qilingan. U AQSh portlari orasida savdoni amalga oshiruvchi kemalar AQShda qurilgan bo‘lishi, amerikaliklarga tegishli bo‘lishi va ekipaji amerikaliklardan tuzilgan bo‘lishini talab qiladi. Bu qonun Birinchi jahon urushidan keyin ichki bozorda raqobatni cheklash va bir vaqtda yangi urush holatida yordamchi sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan keng savdo flotini yaratish uchun qabul qilingan.
Qonun tarafdorlari bu qonun AQShda ishchi o‘rinlari tashkil etishga yordam berishini aytib keladilar. Unga qarshilarning fikricha, bir asr avvalgi qonun raqobatning keraksiz pasaytirilishi va yetkazib beriladigan mahsulotlar narxlari oshishiga olib keladi.
"Mariya" dovuli oqibatida Puerto-Rikoning 97 foiz aholisi elektr energiyasiz qolmoqda, suv esa yarim aholida bor.
Mavzuga oid

17:14 / 07.02.2025
Puerto-Rikoda o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar hibsga olindi

12:37 / 08.11.2024
Puerto-Riko aholisi yana bir bor AQSh tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berdi

21:48 / 01.12.2020
Puerto-Rikoda ulkan radioteleskop vayron bo‘ldi

23:50 / 04.11.2020