AQSh va Janubiy Koreya oktabrda yangi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqchi

Foto: Reuters
AQSh oktabrda Koreya yarimoroliga aviatashuvchi kema boshchiligidagi zarba beruvchi guruhni Janubiy Koreya bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazishga yubormoqchi. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Seul va Vashington, shuningdek, Tokio bilan birga sentabr oxiri-oktabr boshida birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqchi.
Bundan tashqari, AQSh Guamdagi bazasiga Shimoliy Koreyani ogohlantirish maqsadida B-1B strategik bombardimonchilarini tashlashi kutilmoqda.
Avvalroq Janubiy Koreya va AQSh prezidentlari telefon suhbati o‘tkazib, uning doirasida Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga kelishib olishgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23 / 11.03.2025