Turkiya Qurolli kuchlaridagi asosiy qo‘mondonlar ishdan olindi

Turkiya Qurolli kuchlarining milliy armiya safida yuqori lavozimlarni egallab turgan havo va dengiz, quruqlikdagi kuchlarning qo‘mondonlari vazifasidan ozod etildi. Mahalliy nashrlarning xabar yozishicha, bu o‘zgarishlar o‘tgan yili amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishining ortidan yuz berayotgan silkinishlar silsilasida yuz bermoqda.
NTV bergan ma'lumotga ko‘ra, vazifasidan ozod etilgan qo‘mondonlar o‘rnini yuqori mansabli harbiy boshliqlar egallaydi. Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim raislik qilgan Oliy harbiy Kengash yig‘ilishida o‘zgarishlar ortidagi muhim qarorlar qabul qilindi. Prezident Erdo‘g‘an qarorni imzolagach, ommaga shaxsan e'lon qilishi kutilmoqda.
Turkiya Quruqlikdagi harbiy kuchlar qo‘mondoni Solih Zaki Cho‘loq o‘rnini Jandarm mahkamasi boshlig‘i Yasar Guler egallashi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Bulent Bo‘stono‘g‘li o‘rniga uning o‘rinbosari, vitse-admiral Adnan O‘zbal kelishi mumkin.
Aytish joizki, chorshanba kungi yuqori harbiy mulozimlar yig‘ilishi o‘tgan yilgi iyul voqealaridan beri uchinchi marta o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:01 / 10.03.2025
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarini qurollarini tashlashga chaqirdi

14:11 / 08.03.2025
Vengriyada ishlayotgan turkiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

20:52 / 05.03.2025
Ittifoqchilik nima? O‘zbekistonning ittifoqchilari kimlar va yana kimlar bo‘lishi mumkin?

17:31 / 03.03.2025