Dunyodagi eng keksa Olimpiya chempioni hayotdan ko‘z yumdi
Olimpiya medalining eng keksa sohibi va afsonaviy amerikalik suzuvchi Adolf Kifer 98 yoshida hayot bilan vidolashdi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.

"Adolf Kifer suzish sporti timsoli edi va hayotida har kuni u bilan yashadi. U mazkur sport turining kashshofi edi", — deya AQSh suzish federatsiyasi ijrochi direktori Mayk Anjyer so‘zlarini keltiradi agentlik.
Adolf Kifer 1936 yili Berlinda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 17 yoshida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. U 100 metrga suzish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan bo‘lib, ushbu natijani 20 yil mobaynida hech kim takrorlay olmadi. Keyinchalik u Sport va ovqatlanish bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishladi. Bundan tashqari, Amerika harbiy-dengiz kuchlarida instruktor ham bo‘lgan.
Mavzuga oid

13:52
AQSh Rossiya bank sektori va neftiga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi

09:41
Tramp AQSh Grenlandiyani qo‘shib olishiga ishonyapti

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

22:06 / 13.03.2025