Parijda taksichi mijozga u unutib qoldirgan qimmatbaho suratni qaytarib berdi

Foto: AFP
Parijda halol taksichi italyan rassomi mo‘yqalamiga mansub 1,5 mln yevro turadigan suratni taksi yukxonasida unutib qoldirgan yo‘lovchiga qaytarib berdi.
Bir necha kun avval suratlar yig‘uvchilar oilasining vorisi o‘zi bilan birga rassom Lucho Fontananing ishini taksida olib ketayotganda telefon qo‘ng‘irog‘iga chalg‘ib, suratni unutib taksidan tushib ketgan. Erkak suratni qoldirib ketganini keyingi kun fahmlab, politsiyaga bu haqda ariza bergan.
Biroq politsiya taksichini qidirib topishidan oldin taksichining o‘zi politsiyaga kelgan va mashinasida surat qoldirib ketilganini aytgan. Natijada 1965 yilda yaratilgan surat o‘z egasiga qaytarilgan.
Lucho Fontananing ba'zi ishlari auksionda o‘nlab mln dollarga sotiladi.
Mavzuga oid

16:19 / 21.01.2025
Toshkentda taksichi uxlab qolgan yo‘lovchi nomiga 12 mln so‘m kredit oldi

21:13 / 12.09.2024
Cherchillning Kanadada o‘g‘irlab ketilgan surati Italiyadan topildi

19:09 / 16.08.2024
Taksi haydovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar soni yarim milliondan oshdi

20:36 / 26.05.2022