Video: mototsiklchi to‘rt yo‘lakli avtoyo‘l ustidan sakrab o‘tdi

AQShda mototsiklchi Kaliforniyaning Moreno-Valli shahri yaqinidagi 60 raqamli 4 yo‘lakli shosse ustidan sakrab o‘tdi. Videorolik 24 yoshli mototsikl poygasi va motokross muxlisi Kayl Katsandrisning Instagram sahifasida joylashtirilgan.
Videolavhaga qoldirilgan izohda ushbu qaltis harakatni aynan Katsandris bajargani qayd etilmagan. Biroq, YouTube sahifasidagi lavhada ijrochi aynan o‘zi haqida so‘z yuritilgan.
FoxNews telekanalining xabar qilishicha, politsiya ushbu video bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. Agar Katsandris mototsiklni boshqargani aniqlansa, unga xavfli boshqaruv aybi ilgari surilishi mumkin.
Mavzuga oid

11:02
AQSh Ta’lim vazirligi xodimlarining deyarli yarmini qisqartiradi

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025