AQShda yengil samolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

AQShning Arizona shtatidagi tog‘li hududda bir motorli yengil samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgan 4 kishining jasadi topildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, samolyotning yo‘qolgani 2 yanvarda ma'lum bo‘lgandi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotda ikki katta yoshli va ikki o‘smir qiz bo‘lgan.
Qutqaruvchilar samolyotning qulagan joyini mobil telefon signali yordamida topa olishgan. Xil okrugi sherifining aytishicha, samolyot qulagan joyga ko‘tarilish qoyali hudud sababli murakkab kechgan.
Mavzuga oid

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23 / 11.03.2025