Bokuda o‘zini savdo markazi yaqinida portlatmoqchi bo‘lgan terrorchi yo‘q qilindi

Foto: wprost.pl
Bokudagi savdo markazlaridan birining yonida o‘zidagi “o‘lim belbog‘i”ni portlatmoqchi bo‘lgan terrorchi yo‘q qilindi, deb xabar beradi TASS.
Ozarboyjon davlat xavfsizlik xizmatidan xabar berishlaricha, kuch tizimi vakillari Emin Jomini qo‘lga olish bo‘yicha amaliyotni o‘tkazishgan. U qarshilik ko‘rsatib, portlovchi moslamani harakatga keltirishga urinib ko‘rdi.
“Javob choralari sifatida u maxsus tezkor guruh tomonidan yo‘q qilindi”, - deyishdi muassasada.
Ozarboyjonning 38-yoshli fuqarosi Emin Jomi 2007 yilda terrorchilik tashkilotida ishtirok etgani uchun ozodlikdan mahrum etilgan. Jomi 2016 yilning boshida erkinlikka chiqqach, yana jangarilar bilan aloqa o‘rnatgan.
Mavzuga oid

10:10 / 05.03.2025
Soliq, bojxona, bank xodimlari, hokim o‘rinbosari va tadbirkorlardan iborat jinoiy guruh aniqlandi

13:45 / 04.03.2025
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining vakolatlari aniqlashtirilmoqda

11:22 / 27.02.2025
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga qariyb 200 tadan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi

08:13 / 27.02.2025