WikiLeaks saytiga xakerlar hujum qildi

WikiLeaks sayti AQSh Demokratlar partiyasi Milliy qo‘mitasi maktublarining ikkinchi qismini e'lon qilganidan so‘ng xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda loyihaning Twitter akkauntida ma'lum qilingan.
«WikiLeaks servisi #DNCLeak2 ma'lumotini omma e'tiboriga havola etgani uchun xakerlar hujumiga uchradi», — dedi tashkilot xodimi.
7 noyabr, dushanba kuni WikiLeaks AQSh Milliy qo‘mitasining 8263ta elektron maktubini e'lon qilgan edi. AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klintonning saylovoldi shtabi vakillari avval xabar qilishganidek, sayt tomonidan yaqin ikki kun ichida e'lon qilinadigan materiallar soxta ekani ayon bo‘lgan.
Mavzuga oid

18:09
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi

15:39