Kurdlar Turkiyaning Raqqa uchun jangda ishtirok etishiga qarshi chiqmoqdalar

Foto: © AFP
Suriyadagi kurd kuchlari Turkiyaning Raqqani IShIDdan ozod qilish operatsiyasida ishtirok etmasligiga AQSh boshchiligidagi koalitsiya bilan kelishib olganini ma'lum qildi. Bu haqda Frans Press axborot agentligiga kurdlar vakili ma'lum qildi.
Koalitsiya quruqlikdagi kuchlar sifatida "Suriya demokratik kuchlari"dan foydalanib Raqqani ozod qilish operatsiyasini tashkil qilmoqchi. Avvalroq Pentagon rahbari Eshton Karter Turkiya bu operatsiyada ishtirok etishi mumkinligini, bu haqda muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgandi. Kurdlar esa Turkiyaning operatsiyada ishtirok etishiga qarshi chiqmoqdalar.
"Turkiyaning ishtirok etish masalasi koalitsiya bilan hal qilindi. Turkiya operatsiyada ishtirok etmaydi", deb ma'lum qildi "Suriya demokratik kuchlari" vakili Talol Selo.
Turkiyada suriyalik kurdlarga mamlakatda taqiqlangan "Kurdiston ishchi partiyasi" tashkilotining shoxobchasi sifatida qaraladi.
Mavzuga oid

17:39
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

15:45
AQShda 130 yil muqaddam cho‘kib ketgan kema qoldiqlari topildi

11:15
Rubio: Yevropa Ittifoqi sanksiyalari Ukraina bo‘yicha muzokaralar mavzusi bo‘lishi mumkin

09:10