Myuller penalti tepishga qo‘rqib qoldi

Foto: Bild
Myunxenning «Bavariya» jamoasi hujumchisi Tomas Myuller yaqin vaqt ichida penalti tepmoqchi emas.
Futbolchi keyingi vaqtlarda 11 metrlik nuqtadan ko‘p bor adashmoqda va shu tufayli nuqtaga yaqinlashishni istamayapti. Myuller Germaniya Kubogi doirasida «Augsburg»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda ham penaltini aniq amalga oshira olmadi.
«Adashuvlarimdan juda jahlim chiqmoqda. Bundan keyin men 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirish imkoniyatini boshqa jamoadoshlarimga qoldiraman. O‘yinlar vaqtida men «nuqta»ga yaqinlashmayman va o‘z texnikamni takomillashtirish ustida ishlayman. Ehtimol, men yana 2 oydan keyin yaxshiroq uddalarman», — deya Myullerning so‘zlarini keltirgan Bild nashri.
Mavzuga oid

20:27 / 24.04.2019
Paragvayda penaltini aniq amalga oshira olmagan futbolchi jamoadan haydaldi

16:30 / 07.03.2019
«Men penalti bermagan bo‘lardim, lekin...» – dunyo hakamlari «PSJ» - «MYu» o‘yinidagi penaltini muhokama qilishdi

22:11 / 07.11.2018
FIFA penalti tepish qoidasiga o‘zgartirish kiritishi mumkin

12:10 / 28.04.2018