«Rangsiz tushlar» filmi Italiyadagi kinofestivalda ishtirok etish uchun taklif oldi

Jamiyat 16:24 / 23.07.2020 3822

18 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan «Lucania Film Festival» butun dunyodan rejissyorlarning mualliflik filmlarini namoyish etadigan nufuzli xalqaro kinofestival hisoblanadi. 

Festivalning bu yilgi mavsumi 7-9 avgust kunlari Italiyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Kinoasarda jamiyatda jazo muddatini o‘tab kelgan shaxslarga nisbatan noo‘rin munosabat shakllanishi, «odamlar nima deydi» kabi qarashlar ortidan paydo bo‘ladigan chuqur ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan. 

Filmda bosh qahramon rolini Feruza Saidova ijro etgan. Shuningdek, kinoasarda Karim Mirhodiyev, Shohida Ismoilova, Bekzod Abdumuhitov va Anvar Nazarov kabi aktyorlar ham suratga tushishgan. 

Filmning ssenariy muallifi Umid Hamdamov hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Ayub Shahobiddinovning «Rangsiz tushlar» dramasi «Qozon musulmon kinofilmlari» xalqaro festivali va Yerevanning «Fresco» ma'naviy-axloqiy filmlar xalqaro kinofestivallaridan ham taklif olgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: