O‘zbekistonliklar uchun Tailandga uzoq muddatli vizani onlayn olish imkoniyati paydo bo‘ldi

O‘zbekiston 23:45 / 07.01.2025 2466

Tailand Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, 1 yanvardan boshlab mamlakatning xorijdagi 94 ta elchixona va bosh konsulxonalarida e-Visa xizmatidan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Elektron viza tizimiga ko‘ra, Tailand vizasi olishga murojaat qilmoqchi bo‘lgan chet el fuqarosi yangi onlayn elektron viza platformasi orqali ariza topshirishi kerak.

Ariza beruvchidan pasport va tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasini Tailand diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga shaxsan taqdim etishi talab qilinmaydi.

Elektron viza arizasi ma’qullangach, arizachiga tasdiqlovchi elektron pochta xabari yuboriladi. Ariza beruvchidan jo‘nash portidagi aviakompaniyaga va Tailandda immigratsiya xizmati xodimlariga taqdim etish uchun tasdiqlovchi elektron pochta nusxasini chop etishi so‘raladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, 2024 yilning 15 iyul kunidan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolariga Tailandga sayohat uchun 60 kungacha vizasiz rejim joriy etilgan. Elektron viza tizimida fuqarolarga turistik, biznes, oilaviy va boshqa viza turi 90 kun muddatga beriladi.

Avvalroq Germaniyada ishlash yoki o‘qish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari Konsullik xizmatlari portali yordamida viza olish uchun onlayn tarzda murojaat qilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: