Boliviya Meksikada qamoqdan qochgan narkobaron El Chapo sababli o‘z chegaralari nazoratini kuchaytirdi

Jahon 09:04 / 10.11.2015 3383

Boliviya hukumati Meksikada qamoqdan qochgan narkobaron Xoakin “El Chapo” Gusmanning mamlakatga kirishi mumkinligi sababli o‘z chegaralari nazoratini kuchaytirdi, deb yozmoqda “Yel Nuevo Herald” nashri.

Boliviyaning giyohvand moddalarga qarshi boshqarmasi boshlig‘i Felipe Kaseres Chapo qamoqdan qochgandan keyin Chili va Argentinada bo‘lishga ulgurganini aytdi.

Shu munosabat bilan Boliviya giyohvand moddalarga qarshi maxsus xizmati razvedka bo‘limi faollashtirildi, u narkofurushning mamlakatga kirishining oldini olishi kerak.

“El Chapo” (Pakana) laqabli Xoakin Archivaldo Gusman Meksikadagi eng yirik narkokartel “Sinaloa” yetakchisi hisoblanadi. El Chapo 2009-2011 yillarda “Forbes” jurnali talqini bo‘yicha dunyoning eng nufuzli odamlari orasida mos ravishda 41-, 55- va 60-o‘rinlarni egallab, Meksikada milliarder Karlos Slimdan keyin eng nufuzli odam hisoblangan.

U o‘z vaqtida jahonda eng ko‘p qidiriluvchi jinoyatchi sanalgan Usama ben Laden o‘ldirilgandan keyin eng ko‘p qidiriluvchi jinoyatchiga aylangan.
El Chapo joriy yilning iyul oyida qattiq tartibdagi qamoqxonadan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Oxirgi marta uni qamoqxona dushxonasida ko‘rishgan.

Ko‘proq yangiliklar: