Olma-otada turli tabiiy ofatlardan jon saqlashga yordam beradigan mini-bunkerlar sotilmoqda

Jahon 00:42 / 26.07.2015 4414

Olma-otada turli tabiiy ofatlardan saqlovchi Yaponiyada ishlab chiqarilgan qutqaruv kapsulalari sotilmoqda.

Market.kz saytida chop etilgan ushbu bunkerlarning reklamasi mualliflarining aytishicha, kuni-kecha Olma-otada yuz bergan sel tufayli yapon mini-bunkerlariga talab biroz oshgan. Bunga bunkerlarning narxi (5 ming dollar) va o‘lchamlari sabab bo‘lgan. Bunker nisbatan kam og‘irlikka (80 kg) ega bo‘lsada, u 1,5 kv metr joyni egallaydi. Ya'ni zamonaviy eshik tirqishlariga bu bunker sig‘maydi. Uni olib kirish uchun eshiklarni yoki oynalarni olib turish kerak bo‘ladi.

Shar ko‘rinishidagi bunkerlarning samaradorligini ushbu ixtironing imkoniyatlari namoyish qilingan roliklar orqali ham ko‘rish mumkin. Bunker suvda cho‘kmaydi, plitalar tushishi oqibatida buzilmaydi, o‘zining yorqin rangi evaziga vayronalar orasida yaqqol ko‘rinib turadi.

Qutqaruv bunkerlari savdogarlari “zilzila paytida uy to‘liq qulashi, sochilib ketishi mumkin, biroq kapsula beshikast qoladi” deb ishontirmoqdalar.

Shuningdek, Olma-otada egiluvchan to‘rsimon to‘siqlar ham sotilmoqda. Bu to‘siqlar daralarda o‘rnatiladi. “To‘siqlar suv oqimini to‘xtata olmaydi, biroq katta toshlar va parchalar ulardan o‘ta olmaydi”, deb aytilmoqda Krisha.kz chop etilgan xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: