eBay O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Iqtisodiyot 10:29 1152

Endi kompaniya qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘laydi.

eBay’dan tashqari Netflix, Amazon, Google, Apple, Zoom va boshqa yirik kompaniyalar ham maxsus soliq idorasida ro‘yxatdan o‘tgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 64 ta xorijiy kompaniya qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘laydi.

2024 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 61 ta xorijiy kompaniya mamlakat budjetiga 101,9 milliard so‘m soliq to‘lagan.

To‘langan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: