YeI Ukrainaga qarshi boshlangan urushga uch yil to‘lishi munosabat bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda

Jahon 23:45 / 22.12.2024 766

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qarshi boshlangan urushga uch yil to‘lishi munosabati bilan (2025 yil 24 fevral) Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 16-paketini qabul qilish niyatida. Bu haqda Bryusseldagi diplomatik manbalariga tayanib Welt xabar berdi.

Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, yangi choralar hozirga qadar «umuman yoki yetarli darajada e’tirob qaratilmagan» Rossiya iqtisodiyotining aniq sektorlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, «Ukraina hududiy yaxlitligining buzilishiga» javobgar Kreml rejimi propagandachilarining ham qora ro‘yxati kengaytiriladi.

Bundan tashqari, YeI Rossiya foydasiga josuslik qilgan va dezinformatsiya kampaniyalarida ishtirok etgan shaxslarga nisbatan ham cheklovlar joriy etadi. Ularning ittifoq mamlakatlariga kirishi va aktivlaridan foydalanish imkoniyati taqiqlanadi. Hozircha aniq familiyalar keltirilmagan. Shu bilan birga, Bryusselning qayd etishicha, «gibrid hujumlarga» aloqadorlikni kuzatish va isbotlash qiyin, shuning uchun mazkur band savol ostida qolmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, yanchi choralar «Moskvaga aniq signal yuborishga» yo‘naltiriladi.

Yevropa Ittifoqi kengashi 16 dekabr kuni Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning 15-paketini qabul qilgandi. Sanksiyalar ro‘yxatidan 54 nafar jismoniy shaxs va 30 ta yuridik shaxs o‘rin oldi. Ular orasida Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar shifoxonasiga berilgan zarbaga mas’ul harbiy bo‘linma, energetika kompaniyalarining top-menejerlari, KXDRning yuqori martabali ikki amaldori ham bor.

 

Ko‘proq yangiliklar: