Hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi

Sport 20:12 / 12.12.2024 9630

18 yoshli hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaraju xitoylik shaxmatchi Din Lijenni mag‘lubiyatga uchratib, Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tarixidagi eng yosh jahon chempioniga aylandi.

Singapurda bo‘lib o‘tgan final musobaqasining so‘nggi – 14-partiyasida Gukesh g‘alaba qozonib, umumiy hisobni o‘z foydasiga og‘dira oldi – 7,5:6,5.

Gukesh 1985 yilda 22 yoshida jahon chempioni bo‘lgan sovet shaxmatchisi Garri Kasparovning rekordini yangiladi.

Dommaraju shaxmat bo‘yicha 18-jahon chempioni bo‘ldi. U bunday natijaga erishgan ikkinchi hindistonlik hisoblanadi. Undan oldin Vishvanatan Anand jahon chempioni bo‘lgan birinchi hindistonlik edi.

Ko‘proq yangiliklar: