Vengriya transport-logistika sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston 14:12 / 25.04.2024 831

"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuvda transport-logistika, xususan, O‘zbekiston va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida aviaqatnovlar sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, milliy aviatashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Avtomobil transporti orqali xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirishda Centrum Holding kompaniyasining Toshkent, Angren va Andijon shaharlaridagi ombor terminallari hamda Waberer’s kompaniyasining Yevropaning turli nuqtalaridagi terminallari imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ikki kompaniya o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolashga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: