Jizzaxdagi Chakan qishlog‘iga tog‘dan ayiq tushib keldi

O‘zbekiston 11:45 / 17.04.2024 16769

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida aholi yashash xonadonlariga ayiq tushib kelgani haqida xabar tarqaldi. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holat Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.

O‘rganish davomida haqiqatan ham 17 aprel kuni tunda Yangiobod tumanining Do‘stlik mahallasi Chakan qishlog‘i hududiga ayiq tushib kelgani va tong vaqtida Yangiobod tumani o‘rmon xo‘jaligi hududiga o‘tib ketgani aniqlangan. U mahalla aholisi, xonadonlar va chorva mollariga zarar yetkazmagan. 

Hozirda tuman Ekologiya inspeksiyasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan ayiqni o‘rmon xo‘jaligi hududidan o‘z yashash arealiga betalafot o‘tkazib yuborish choralari ko‘rilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: