Qaysi hududda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi aytildi

Iqtisodiyot 07:55 / 04.03.2024 2961

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, hududlar kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni poytaxt Toshkentda ko‘proq – 9 240 ta. 2-pog‘onada Toshkent viloyati – 1 597 ta. Uchinchi o‘rinda Samarqand viloyati joylashgan – 565 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar mavjud.

Shuningdek:

  • Farg‘ona viloyatida – 502 ta;
  • Surxondaryo viloyatida – 348 ta;
  • Buxoro viloyatida – 341 ta;
  • Andijon viloyatida – 309 ta;
  • Namangan viloyatida – 231 ta;
  • Navoiy viloyatida – 218 ta;
  • Sirdaryo viloyatida – 204 ta;
  • Jizzax viloyatida – 178 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 171 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida – 163 ta;
  • Xorazm viloyatida – 132 ta.
Ko‘proq yangiliklar: