UNG Petro shoxobchalarida Ai-80 benzini 7000 so‘mdan sotila boshlandi

Iqtisodiyot 12:39 / 26.02.2024 23484

Bugun, 26 fevraldan boshlab “O‘zbekneftgaz”ga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida eng ommabop markali benzin – Ai-80 narxi 6800 so‘mdan 7000 so‘mgacha qimmatladi. Buni Kun.uz'ga “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati tasdiqladi.

“Ha, narx 200 so‘mga qimmatlaganini tasdiqlaymiz. Bu import benzini narxi oshgani bilan bog‘liq. Benzinning 60 foizi o‘zimizda ishlab chiqarilsa, 40 foizi import qilinadi. Narxlar oshgani uchun bizda ham narx biroz qimmatladi”, – deyiladi kompaniya matbuot xizmati izohida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2023 yil yanvaridan boshlab Rossiyadan Ai-80 benzini importini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 13 dekabrdan 2023 yil 31 dekabrgacha AI-80 markali benzin uchun aksiz solig‘ining nol stavkasi qo‘llangan, 2024 yil 1 yanvardan boshlab bu imtiyozli davr yakunlanishi bilan UNG Petro shoxobchalarida bu markadagi benzin 6800 so‘mdan sotila boshlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: