Shavkat Mirziyoyev qo‘ng‘irotlik ayolga avtomobil sovg‘a qildi 

O‘zbekiston 16:49 / 16.12.2017 61165

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida tadbirkor, sportchi va boshqa bir qator insonlarga uy va mashinalar sovg‘a qilgani haqida xabar berib o‘tilgan edi.

Kruz.uz’ning yozishicha, Qo‘ng‘irot tumani Qoraqalpog‘iston posyolkasi fuqarolar yig‘ini raisi Qutli Koshimbetovaga prezident sovg‘asi "Neksiya" avtomashinasi topshirilgan. 

Sovg‘ani O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Shavkat Javlonov topshirdi, deb yozadi nashr muxbiri. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Nukusdagi oliy sport maktabiga borgani, qator sportchilarga uy va mashinalar berilgani xabar qilingandi.

Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Ko‘proq yangiliklar: