Toshkentda O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi 

O‘zbekiston 10:49 / 26.04.2024 1122

Kecha Toshkent shahrida O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, unda O‘zbekiston-Niderlandiya munosabatlarining bugungi holati va ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida mavjud salmoqli salohiyatni ro‘yobga chiqarish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, mamlakat yetakchi fan va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar kun tartibidan to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham o‘rin oldi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Turli darajada, jumladan, "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" shaklidagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘proq yangiliklar: