KJCh-2017. «Pachuka» bronza medallarni qo‘lga kiritdi

Sport 22:47 / 16.12.2017 6105

Musobaqaning uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan bahsida Meksikaning «Pachuka» klubi BAA vakili «Al-Jazira» bilan bellashdi va 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, bronza medallar sohibi bo‘ldi.

Hamyurtimiz Sardor Rashidov bu safar ham «Al-Jazira» zaxirasida qoldirildi. Umuman olganda, u musobaqada biror marta maydonga tushirilmadi.

Eslatib o‘tamiz, finalda Gremio (Braziliya) va Real Madrid (Ispaniya) bellashadi. O‘yin bugun soat 22:00da boshlanadi.

KJCh-2017. 3-o‘rin uchun bahs
Al-Jazira (BAA) – Pachuka (Meksika) - 1:4
16 dekabr, «Shayx Zayd Sports Siti» 
Gollar:  0:1 – 37 Urretaviskayya, 1:1 – 57 Muborak, 1:2 – 60 Xara, 1:3 – 79 de la Rosa, 1:4 – 84, penalti Sagal. 
Al-Jazira – Saif, Faris Juma, Umar (Ali, 46), Fayz, Xalfan, Muborak (Al-G‘ilaniy, 78), Rashid, Bussufa, Yusuf (Ramazon, 67), Mabxut, Romarino.
Pachuka – Blanko, Lopes, Agirre, Murilo, Garsiya, Urretaviskayya, Ernandes (Lopes, 85), Sagal, Gonsales, Xara (de la Rosa, 78), Sanches.
Ogohlantirishlar: Bussufa (30), Xara (50), Faris Juma (50), Ramazon (71).

Ko‘proq yangiliklar: