Foto: Nukusdagi «Imom eshon Muhammad» jome masjidi 

O‘zbekiston 20:17 / 16.12.2017 22431

Nukus shahridagi «Imom eshon Muhammad» jome masjidi ma'muriy binosining birinchi qavatida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘istondagi vakilligi idorasi joylashgan bo‘lib, uning barcha xonalari qayta ta'mirdan chiqarildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ikkinchi qavatida axborot-resurs markazi, 2 kutubxona tashkil etildi. Issiq pol qurildi, eshiklari yangisiga almashtirildi. Namoz o‘qiydigan maskan rekonstruksiya qilinib, gumbaz qayta ishlandi. Masjid yonidan minora, hovuz, novvoyxona, avtomobillar uchun to‘xtash joyi va boshqa qulayliklar bunyod etildi. Manzarali daraxt va gullar ekildi. 

Shuningdek, masjid yonida 128 o‘rinli imom-xatiblar malakasini oshirish o‘quv markazi tashkil etilib, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlandi.

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Ko‘proq yangiliklar: