Samsung 2018 yilning boshida «syurpriz» tayyorlab qo‘ygan

Fan-texnika 18:29 / 15.12.2017 11798

Koreyaning Samsung kompaniyasi kelasi yilning boshida o‘zining ilk smart-kolonkasini taqdim etadi. Samsung rejalari haqidagi ma'lumotni Bloomberg manbalari yetkazgan.

Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, bu tovush sifatiga e'tibor qaratilgan hamda aqlli uyni boshqarish komponentlari – yoritish, maishiy uskunalar, kameralarga ega kolonka bo‘ladi. Aftidan, devays Bixby ovozli yordamchisi bazasida ishlaydi, Samsung uni joriy yilda taqdim etdi. Assistentni qo‘llab-quvvatlash funksiyasini Koreyaning bir nechta smartfonlari oldi.

Koreya vendori aqlli kolonkalar bozoriga chiqib, undagi yetakchilar bilan raqobat qilmoqchi. Masalan, Google Home (narxi 129 dollar), Echo Amazon hamda Echo Plus (99 va 164 dollar) va Apple HomePod mahsulotlari bilan. So‘nggisi 2018 yilning boshida 349 dollar narxda bozorga chiqariladi. Samsung smart-kolonkasining taxminiy narxi 200 dollarni tashkil etadi.

Gartner tahlil kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yilga kelib aqlli kolonkalar bozori 3,5 milliard dollarlik hajmga yetadi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili bozor hajmi 720 mln dollarga baholangandi.

Ko‘proq yangiliklar: