Inkabodliklar chiqindixonadan qutulib, toza ichimlik suviga ega bo‘lishadi – ekologlarning javobi

Jamiyat 00:27 / 15.12.2017 10253

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining KUN.UZ internet-nashrida e'lon qilingan «Omonxona» suvi sotiluvchi qishloqda ro‘zg‘orga ichimlik suvi xarid qilinmoqda — Inkabodliklar murojaati» maqolasiga xulosa yubordi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi «Omonxona» suvi sotiluvchi qishloqda ro‘zg‘orga ichimlik suvi xarid qilinmoqda — Inkabodliklar murojaati» sarlavhasi ostida chop etilgan maqolani ko‘rib chiqib quyidagilarni ma'lum qilgan.

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi chiqindi poligoni bo‘yicha:

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi chiqindi poligoni «Inkabod» mahalla hududida Yer tanlash va yer ajratish komissiyasinig xulosasiga ko‘ra, Boysun tuman hokimining 2014 yil 27 avgustdagi «Inkabod» mahalla hududida 4 ga yer ajratish haqidagi 465-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

Surxondaryo viloyati Gidrogeologiya stansiyasi tomonidan ushbu chiqindixonaning joylashuvi o‘rganildi. Xulosaga muvofiq yer osti suvlari 130 m pastlikda suv o‘tkazmaydigan gil, soz tuproq va tosh yotqiziqlar ostida joylashgan (viloyat Gidrogeologiya stansiyasining 2017 yil 10 oktabrdagi 128 A-sonli xulosasi).

Hududdagi aholidan kelib tushgan qator murojaat va shikoyatlarga asosan Surxondaryo viloyati Boysun tumani chiqindi poligoni uchun tuman hokimining 2017 yil 2 noyabrdagi 1130-sonli qaroriga asosan tumandagi «Rabot» dahasi «Ganda» uchastkasidan 5 ga yer maydoni ajratib berilib, 2018 yil yanvar oyidan boshlab hosil bo‘ladigan chiqindi mazkur yangi poligonga olib boriladi. Hozirda ushbu chiqindi poligonida sanitar va ekologik talablar asosida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati Boysun tumani Inkabod qishlog‘ining suv ta'minoti bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2017 yil 18 apreldagi PQ-2900-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi 340-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ichimlik suv ta'minoti masalalari yangi tashkil etilgan ushbu vazirlik vakolatiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2910-son qaroriga asosan Boysun tumani aholisini «Xo‘ja-mayxona» tabiiy suv manbasidan chiqadigan ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun 2018–2019 yillarda 34,7 km ichimlik suv quvurining qurilishi va buning uchun 25,5 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: