Afg‘oniston Gretsiyada elchixona ochadi  

Jahon 08:05 / 15.12.2017 4527

Gretsiya poytaxti Afinada Afg‘onistonning elchixonasi ochiladi. Bu haqda Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Kotzias milliy mudofaa va xalqaro ishlar qo‘mitasi yig‘ilishida ma'lum qildi.       

“Dushanba kuni (18 dekabr) Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri keladi, chunki Afg‘oniston Gretsiyada elchixonasini ochmoqda. Bu elchixona mamlakatimizda ochiladigan uchta yangi elchixonadan biri bo‘ladi”, deb ma'lum qilgan vazir.   

Biroq vazir Afinada yana qanday ikkita elchixona ochilishi borasida aniqlik kiritmagan.

Kotzias, shuningdek, 19 dekabrda Italiyaga “muhim ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazgani” borishini ma'lum qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: