O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovi tiklanishi mumkin

O‘zbekiston 12:05 / 13.12.2017 7979

O‘zbekiston va Ukraina Kiyev hamda Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovini tiklash masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Yuriy Savchenko Facebook’dagi o‘z sahifasida xabar berdi.

Elchining ta'kidlashicha, Toshkentda 12 dekabr kuni Ukraina davlat aviatsiya xizmati va O‘zbekiston Davavianazorat vakillarining o‘zaro uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda Ukraina Xalqaro aviayo‘nalishlari va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK vakillari ham ishtirok etgan.

Diplomatik idora rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettiradi.

Ko‘proq yangiliklar: