Shavkat Mirziyoyev xalqaro shartnomani tasdiqladi

O‘zbekiston 16:50 / 13.12.2017 11443

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.

1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1996 yil 4 sentabrda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 2017 yil 6 oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Bayonnoma tasdiqlandi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillarini bajargani haqida qirg‘iz tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda ta'minlaydi.

4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklandi.

Ko‘proq yangiliklar: