Kim Chen In Shimoliy Koreyani “eng kuchli yadroviy davlat”ga aylantirmoqchi

Jahon 07:22 / 13.12.2017 13464

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning aytishicha, u o‘z davlatini “dunyodagi eng kuchli yadroviy va harbiy davlat”ga aylantirish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan. Koreya markaziy telegraf agentligining ma'lum qilishicha, u bunday bayonot bilan mudofaa sanoati ishchilari qurultoyida chiqqan.

“Oliy yetakchi mudofaa sanoatini rivojlantirish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan uzoq muddatli maqsadlar, strategik vazifalarni belgilab berdi. U shuningdek davlatimizni yanada yuksaltirish va uni dunyodagi eng kuchli yadroviy va harbiy davlatga aylantirishga ko‘rsatma berdi”, deb aytilgan xabarda.

Kim Chen In strategik qurollar, shu jumladan atom va vodorod bombalari, “Xvason-15” qit'alararo ballistik raketasini yaratishdagi muvaffaqiyatlarni “partiya va xalqning tarixiy g‘alabasi” deb atagan. Uning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreyaning hozirgi mudofaa sanoati istalgan turdagi qurolni mustaqil yarata olishga qodir.

Ko‘proq yangiliklar: