Minus 11. «Siti»ni endi kim to‘xtata oladi?

Sport 23:31 / 10.12.2017 11700

Angliya Premer-ligasining 16-turining markaziy uchrashuvi «Old Trafford»da bo‘lib o‘tdi. Unda «Manchester Yunayted» ashaddiy raqibi «Manchester Siti»ni qabul qildi. Derbi Xosep Gvardiola shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Siti» o‘yinning 43-daqiqasida hisobni ochgandi — bu vaziyatda David Silva aniq harakat qildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda «MYu» javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi — Markus Rashford hisobni tenglashtirdi.

«Shaharliklar» himoyachisi Nikolas Otamendi 54-daqiqada yakunda jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Endilikda «Manchester Siti» turnir jadvalida barchadan katta farq bilan ilgarilab ketdi, bugun mag‘lubiyatga uchratilgan «Manchester Yunayted» ikkinchi o‘rinda 11 ochko farq bilan ortda qolmoqda.

Angliya chempionati
16-tur

Manchester Yunayted – Manchester Siti 1:2
Gollar: 0:1 – 43 Silva, 1:1 – 45 Reshford, 1:2 – 54 Otamendi.
Manchester Yunayted – De Xea, Roxo (Lindelef, 46), Smolling, Valensiya, Yang, Errera (Mata, 82), Matich, Lingard (Ibrahimovich, 76), Reshford, Lukaku, Marsiyal.
Manchester Siti – Ederson, Kompani (Gyundogan, 46), Otamendi, Uoker, Delf, Silva, Fernandino, Sterling, de Bryuyne, Sane (Bernardu Silva, 88), Gabriel Jyezus (Mangalya, 59).
Ogohlantirishlar: Uoker (4), Roxo (36), Reshford (63), Silva (73), Errera (79), Yang (90).

Ko‘proq yangiliklar: