Isroil politsiyasi Qudsda namoyishchilarni hibsga olmoqda

Jahon 19:10 / 08.12.2017 14612

Isroil politsiyasi Eski shaharning Damashq darvozasi yaqinida — Quddus tarixiy markazining devor bilan o‘ralgan qismida norozilik namoyishlari o‘tkazayotgan falastinliklarni hibsga olishni boshladi.

Namoyishchilar politsiyachilarga toshlar, idishlar va boshqa buyumlar uloqtira boshlashgach, politsiya ularni hibsga olishga kirishgan.

Bundan avvalroq Quds, G‘azo sektori hamda Iordan daryosining g‘arbiy sohilida Isroil harbiylari bilan to‘qnashuvlardan yuzdan ortiq falastinlik jabrlangani haqida xabar berilgandi.

To‘qnashuvlar AQSh prezidenti Donald Trampning 6 dekabr kuni Qudsni Isroil poytaxti deb tan olishi ortidan kelib chiqdi. 

Amerika tomonining qarorini Yaqin Sharqdagi barcha davlatlar, shuningdek, Yevropaning yetakchi davlatlari ham norozilik bilan qarshiliadi.

Ko‘proq yangiliklar: