Rossiya Tojikistonga aviatsiya va zenit-raketa texnikasini yetkazib beradi

Jahon 12:20 / 07.12.2017 12126

Rossiya Tojikistonga MDH ishtirokchi davlatlari havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari (kuchlari)ni bosqichma-bosqich qurollantirish doirasida aviatsiya va zenit-raketa texnikasini yetkazib beradi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi Axborot-tahlil departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

MDH Ijroiya qo‘mitasi rasmiy saytida e'lon qilingan «MDH davlatlari havo-kosmik mudofaasining birlashgan tizimini yaratish - Hamdo‘stlik doirasidagi harbiy hamkorlikning muhim maqsadi» maqolasida ta'kidlanishicha, harbiy-texnik hamkorlik doirasida havo hujumidan mudofaa texnikasini modernizatsiya qilish va resursini uzaytirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Xususan, MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari (kuchlari)ga zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini yetkazib berish rejalashtirilgan.

Jumladan, RFdan Qozog‘istonga zenit raketa qurollarini yetkazib berish, Qirg‘iziston Respublikasida aloqa tizimlarini modernizatsiya qilish va zamonaviy texnika bilan jihozlash, RFdan Tojikiston aviatsiya hamda zenit raketa texnikasi yetkazib berish, Armaniston va Belarusdagi havo hujumidan mudofaa texnikasiga ehtiyot qismlari hamda boshqa mulklarni topshirish mo‘ljallanmoqda.

Havo hujumidan mudofaa vositalari ro‘yxatiga, shuningdek, «Okno» kosmik makonni kuzatish uchun optik-elektron uzel ham kiritilgan, u Tojikistonning Nurekida joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: