Tramp Erdo‘g‘anga YPG'ga qurol yetkazishni to‘xtatishga va'da berdi

Jahon 22:06 / 24.11.2017 9978

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon muloqotida PKK terrorchi tashkilotining Suriyadagi qanoti bo‘lgan YPG'ga qurol-yarog‘ yetkazishni to‘xtatishi haqida ma'lum qildi. "Anadolu" agentligi Turkiya TIV rahbari Mavlut Chovusho‘g‘li bergan bayonotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

"Tramp generallarga bundan buyon YPG'ga qurol-yarog‘ yetkazib berilmaslik borasida aniq ko‘rsatma bergan. Oq uy rahbari bunday ahmoqgarchilikka chek qo‘yish masalasi borasida aniq fikr bildirdi", - dedi turk vaziri. U Turkiya rahbariyati Donald Trampning so‘zlaridan qoniqish hosil qilganini qo‘shimcha qildi. 

Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon muloqoti davomida Sochida bo‘lib o‘tgan Suriya masalalariga bag‘ishlangan uch tomonlama Rossiya-Turkiya-Eron sammiti yakunlarini muhokama qildi. 

Bundan avval Erdo‘g‘an Suriyadagi harbiy ishtirokni oshirgani uchun AQShdan norozi bo‘lgandi va yaqin kunlarda Tramp bilan telefon muloqotida shularni muhokama qilmoqchi ekanini bildirgan edi. 

Ta'kidlanishicha, tomonlar Suriyadagi vaziyat, mintaqaviy muammolar va ikki tomonlama aloqalarni muhokama qilishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: