Shimoliy Koreyadan yana 8 kishi qochib ketdi

Jahon 10:29 / 24.11.2017 14060

Yaponiya huquq-tartibot idoralari mamlakat shimolida Shimoliy Koreyadan yog‘och qayiqda suzib kelgan 8 kishini aniqlashgan. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, qochoqlarga tarjimon taqdim qilingach, ular qayerdan kelganlarini ma'lum qilishgan.

Telekompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, qochoqlar Yaponiyaga kelgan kema 20 metr uzunlikka ega bo‘lgan. 

Avvalroq shimoliy koreyalik askar demilitarizatsiya qilingan hudud orqali Janubiy Koreyaga qochib o‘tgandi. Keyinroq Seulda uning qochishi tafsilotlari ma'lum qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: