O‘zbekiston FIFA reytingida yanada pastladi

Sport 15:00 / 23.11.2017 13928

FIFA rasmiy sayti 23 noyabr kuni terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 4 pog‘ona pastlab 437 ball bilan 80-o‘ringa joylashdi. Bu natija orqali O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo mintaqasida Iroq va Suriya terma jamoalarini ham oldinga o‘tkazib yubordi va 10-o‘rindan joy egalladi. 82-o‘rinda borayotgan Falastin terma jamoasi ham O‘zbekistonga juda yaqin kelganini ta'kidlab o‘tish joiz.

Reytingning yuqori o‘nlikda deyarli o‘zgarish bo‘lmadi. Germaniya hamon reytingda eng yuqorida joylashgan bo‘lsa, Ispaniya 6-o‘ringa ko‘tarildi. Shuningdek Shveytsariya terma jamoasi ham TOP-10likka qaytdi.

Quyida TOP-10 va Osiyo mintaqasi terma jamoalari natijalari bilan tanishib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: