Qashqadaryoda voyaga yetmagan qizga jinsiy tegajog‘lik qilgan va undan pul olib kelgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston 12:15 / 26.04.2024 53293

Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 24 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro O.Yu.dan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda Chiroqchi tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz B.B.ga (2006 yilda tug‘ilgan) nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilinib, bu videoga olingani va tasvirni tarqatish bilan tahdid qilinayotgani bildirilgan. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi.

Aniqlanishicha, 2023 yil iyul oyida B.B.ga Sh.X. tomonidan jinsiy tegajog‘lik qilinib, bu holat boshqa shaxs - J.M. tomonidan telefon orqali videotasvirga olingan. Keyinchalik J.M videotasvirni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, qizdan tovlamachilik yo‘li bilan pul olgan, ammo shundan keyin ham videotasvirni tarqatish bilan tahdidni davom ettirib, tovlamachilik qilib kelgan.

Mazkur holat bo‘yicha B.B. (2006 yilda tug‘ilgan) 2024 yilning 30 mart kuniga kelibgina tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv doirasida sudga oid tibbiyot, kriminalistika va biologiya ekspertizalari tayinlangan.

Joriy yilning 8 aprel kuni JKning 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 118-moddasi 1-qismi (Nomusga tegish) va 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur jinoyat ishi Qashqadaryo  viloyati prokuraturasi nazoratida, Bolalar ombudsmani bu borada o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: