Toshkentda «Kichik biznes uskunalari va mahsulotlari» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 12:21 / 23.11.2017 11130

2017 yil 5, 6-7 dekabr kunlari Yoshlar ijod saroyida, «Kichik biznes uskunalari va mahsulotlari» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

«Kichik uskunalar va mahsulotlar» ko‘rgazmasi o‘z o‘rnida kuz mavsumining eng yirik tadbirlaridan hisoblanadi. Sizlarga uskunalar, mini-texnologiyalar, shuningdek, kichik va xususiy biznes uchun tayyor mahsulotlar ekspozitsiyasi taqdim etiladi. Ko‘rgazmada xorijiy ishlab chiqarish kompaniyalari: «Duo Wei», «Zhong Cha Sheng Huo», TOO «Jin Ri», «San Quan» XSK, «Turan» XSK va boshqa ko‘plab kompaniyalar ishtirok etadilar.

Ko‘rgazmada ishtirok etishning afzalliklari.

Bugungi kunda ko‘rgazmalar bozorga yangi mahsulotlarni va yangi texnologiyalarni jalb qilishning o‘ziga xos vositasi bo‘lib kelmoqda. Shu sababli ko‘rgazmalar orqali innovatsion olamidagi yangiliklarni namoyish qilish, ommaga tanitishning eng tezkor va eng samarali usuli hisoblanadi.

- Siz nafaqat yangiliklar bilan tanishishingiz, balki o‘zingizni qiziqtirgan mahsulotlar va yetkazib beruvchilar haqida ma'lumotlarni ham olishingiz mumkin;

- Ish bo‘yicha yangi aloqalar bilan tanishish. Ko‘rgazmada, xaridor yoki ishlab chiqaruvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz;

- har xil rasmiyatchiliksiz o‘zingizga qiziq bo‘lgan savollarni muhokama qilish. Siz kompaniyaning vakillari bilan yuzma-yuz suhbatlashib kerak bo‘lgan barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, Xalqaro ko‘rgazma doirasida (yoki: ushbu tadbirda):

- Sartaroshlik, dekorativ kosmetika va tirnoq dizayni bo‘yicha ochiq chempionat o‘tkaziladi.

Tanlov quyidagi toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Ayollar sartaroshlari;

Erkaklar sartaroshlari;

Makiyaj san'ati;

Tirnoq dizaynerlari.

Chempionatda asosan yosh ustalar o‘z mahoratlarini namoyish etiladilar: sartaroshlar va vizajistlar.

Xalqaro toifadagi eng yaxshi ustalarning dastur va master-klasslari namoyish etiladi.

Siz rang-barang shou dasturimizga tashrif buyurib, sartaroshlik san'atining yangi yo‘nalishlari, kosmetika va tirnoq dizaynerlari master-klasslaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Ko‘rgazma orqali mamlakatimizga zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish va uskunalarni jalb qilish, O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishning samarali vositasi hisoblanadi.

KO‘RGAZMA TURLARI

- Oziq-ovqat va qadoqlash;

- qurilish va qurilish materiallari;

- qishloq xo‘jaligi texnologiyalari;

- To‘qimachilik, kiyim va poyabzal;

- Transport xizmatlari;

- Konsalting xizmatlari;

- Kimyo sanoati;

- Sog‘liqni saqlash mahsulotlari;

- Metall tarmoqlarini sotish;

- Energetika;

- Po‘lat konstruksiyasini joriy qilish.

Tashrif buyuring! Sizni 5, 6-7 dekabr kunlari Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan «Kichik biznes uskunalari va mahsulotlari» ko‘rgazmasida kutib qolamiz. Eng so‘nggi sanoat va bozor yutuqlaridan xabardor bo‘ling!

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ko‘magida o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmaning maqsadi

§ biznesni boshlayotgan yosh tadbirkorlarga yordam berish;

§ kichik va o‘rta biznes mahsulot va xizmatlarining turlarini namoyish qilish;

§ kichik va o‘rta biznes vakillari uchun uskunalar, texnologiyalar va xizmatlarni tanlash imkoniyatini yaratish;

§ Yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish - xaridor va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida bevosita aloqa qilish imkoniyatini ta'minlash.

Ko‘rgazma doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

Sartaroshlik san'ati, dekorativ kosmetika va tirnoq dizayni bo‘yicha ochiq chempionat.

Xalqaro miqyosdagi eng yaxshi ustalarning dastur va master-klasslari.

Ko‘rgazma ishtirokchilari - tadbirkorlar, mahsulot va xizmatlar iste'molchilarining keng jamoatchiligi.

Ishtirok etish shartlari

Ko‘rgazmada ishtirok etishni istagan tashkilot belgilangan shaklda to‘ldirilgan arizani Tashkilotchining manziliga yuboradi va shartnoma tuzadi.

Minimal ko‘rgazma maydoni - 9 kv.m.ni tashkil qiladi. Quyidagilarni o‘z ichiga oladi: perimetr bo‘yicha devor paneli, 1 ta stol, 2 ta stul, 1 dona axlat savatchasi, 2 ta spot yoritgichi, 1 ta 220V elektr manbai, friz yozuvi, stend maydoni bo‘yicha gilam qoplami, katalogdagi ma'lumotlar, ko‘rgazma davri uchun 2 ta beydjik-ruxsatnomasi.

Ko‘rgazma tashkilotchisi: Expocontact

Telefon: +998 983112391

Faks: +998 71 2563613

e-mail: ssp-expocontact@mail.ru

www.smallbizexpo.uz/

Mas'ul shaxs: Nodir Yuldashev

Ko‘proq yangiliklar: