Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi prezidenti bilan tor doiradagi uchrashuvi boshlandi

O‘zbekiston 11:31 / 23.11.2017 7986

Koreya Respublikasi Prezidentining «Chong Va De» («Moviy saroy») qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. 

Shavkat Mirziyoyev va Mun Je Inning tor doiradagi muzokarasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 

Muzokaralar davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: