Hillari Klinton prezidentlik saylovidagi mag‘lubiyatida Obamani aybladi

Jahon 08:40 / 23.11.2017 10704

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ikki muddat davlat yetakchisi bo‘lgani Hillari Klintonning 2016 yilgi prezidentlik saylovida g‘alaba qozonishini murakkablashtirgan. Sobiq davlat kotibi Hugh Hewitt Show radiodasturida shunday bayonot berdi.

"Tarix shamoli sening yuzingga esishi rost. Bu ayniqsa prezidentlik lavozimida ikki muddat qolgan partiyadoshing o‘rnini egallamoqchi bo‘lganingda yaqqol seziladi. Bu bizning siyosatda bo‘lgan barcha narsalardan farq qiluvchi shunchaki kampaniya emas. Bu chorlov. Agar sen avvalgi safdosh qarashlarini yoqlagan holda yangilarini taqdim etishga urinar ekansan, buni odamlar ongiga yetkazish ancha qiyin bo‘ladi", — degan Klinton. 

Biroq u 2009-2013 yillarda davlat kotibi bo‘lgan vaqtlardagi faoliyatidan ko‘ngli to‘qligini aytdi.
 
"Men Obama ma'muriyatida ishlaganimdan faxrlanar edim. Men prezident Obama qaror qilgan ko‘p narsalarga qo‘shilmas edim. Ammo, umuman olganda, u iqtisodiyotni qutqarish uchun qilishi kerak bo‘lgan barcha narsani amalga oshirdi", — deya qayd etgan sobiq davlat kotibi.
 
U, shuningdek, Rossiya bilan uran kelishuvlari bo‘yicha ayblovlarni rad etdi. H.Klinton so‘zlariga ko‘ra, u 2012 yili Liviyaning Beng‘ozi shahrida amalga oshirilgan teraktda bo‘lgani kabi bu vaziyatda ham aybdor emas.
 
"Dalillarni chalkashtirish borasida ataylab choralar ko‘rilmoqda. Masalan, Uranium One bo‘yicha barcha ayblovlarni shunday baholash mumkin", — degan Klinton.

Respublikachilar Barak Obama ma'muriyati Rossiyadan uran xarid qilish bo‘yicha bitimda korrupsiya alomatlari borligini tekshirib ko‘rmagan. Klinton Uranium One asoschisi Frenk Justradan Klintonlar jamg‘armasiga xayriya pullari kelib tushgani bois, Rossiya bosimi ostida qolganlikda gumon qilingan. Justra AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton bilan Qozog‘istonga borib, uran rudasi konlarini o‘zlashtirish tanlovida g‘alaba qozonganidan so‘ng, 31 million dollardan ko‘proq mablag‘ o‘tkazib bergan. 

Bundan tashqari, 2008–2010 yillarda Uranium One Klintonlarga umumiy hisobda 8,65 million dollar o‘tkazgan. Nihoyat, 2010 yili Bill Klinton Rossiyaning nomi oshkor qilinmagan "investbanki"dan Moskvadagi chiqishi uchun 500 ming dollar oladi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu bank Uranium One kompaniyasining "Rosatom" bilan kelishuviga xizmat ko‘rsatgan. 

AQShning hozirgi prezidenti Donald Tramp adliya vazirligini bir necha marotaba Klinton faoliyatini tergov qilmayotgani uchun tanqid qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: