Adliya vaziri​​ Sirdaryo va Sayxunobod tumani aholisi bilan uchrashadi

O‘zbekiston 22:10 / 23.11.2017 9962

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslan Davletov va o‘rinbosari Akbar Toshqulov Sirdaryo viloyatida xalq bilan muloqot qilishda davom etmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bergan. 

Ma'lum qilinishicha, Davletov va Toshqulov ertaga, 24 noyabr kuni soat 14:00 ga qadar Sirdaryo shahrida joylashgan «Malik» musiqa va san'​at maktabi binosida shahar, shuningdek, Sirdaryo va Sayxunobod tumani aholisi bilan uchrashadi.

Shundan so‘ng, shu kuni Oqoltin tumanida joylashgan «Oqoltin» musiqa va san'at maktabi binosida soat 16:00 dan to 21:00 qadar shu tuman, Sardoba va Mirzoobod aholisi bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Adliya vaziri va o‘rinbosariga murojaat etishni istagan aholi o‘rnatilgan tartibda ko‘rsatilgan manzil va vaqtda uchrashuvga kelishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: