5-8 iyun kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ikkinchi ekologik forumi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 15:00 / 21.11.2017 3325

2018 yilning 5-8 iyun kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlarining ikkinchi ekologik forumi bo‘lib o‘tadi. 21-22 noyabr kunlari Olmaotada Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy ekologik markazi hamkorligida bo‘lib o‘tayotgan atrof-muhit muhofazasi va suv resurslarini boshqarishga bag‘ishlangan anjumanda shu haqida ma'lum qilindi. Tadbirda qatnashgan Kun.uz muxbiri shu haqida xabar berdi.

Mustaqillikka erishgandan so‘ng 25 yil davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari tabiiy resurslarni boshqarishni yolg‘iz tartibga solib bo‘lmasligini, bu borada qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilish kerakligi tushunilgani qayd etildi.

Sohadagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlash uchun mintaqa vakillari ko‘proq uchrashib, takliflar bildirishlari muhimligi ta'kidlandi. Shu kunga qadar tabiiy resurslar bo‘yicha ekspertlar o‘rtasida juda ko‘p ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilganligi, kelajakda sohadagi muammolar yechimiga ilmiy yondashuv joizligi alohida qayd etildi. 

Kelgusida tabiiy resurslarni boshqarish bo‘yicha nafaqat suv resurslari bilan shug‘ullanuvchilar, balki iqtisodchilar, ishbilarmonlar va ishlab chiqaruvchilarni ham jalb qilish kerakligi ta'kidlandi. 

Anjuman davomida O‘zbekiston vakillari Markaziy Osiyo mamlakatlarining soha vakillarini 20-24 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Orolni qutqarish xalqaro fondining yaratilishiga doir anjumaniga taklif qilishdi.

Ko‘proq yangiliklar: