Turkiyadagi birinchi kosmik markaz suratlari namoyish etildi

Jahon 21:15 / 19.11.2017 5835
Foto:aa.com.tr

Turkiya aviatsiya va kosmos sanoati kompaniyalari (TUSAŞ/TAI) qoshidagi birinchi Kosmik tizimlar sinovi va integratsiyalari markazi (USET) "Anadolu" agentligi uchun o‘z eshiklarini ochdi. 

Foto:aa.com.tr

Turkiya hukumati g‘oyasiga ko‘ra, aynan shu yerda mamlakatning ilk Türksat 6A sun'iy yo‘ldoshi qurilishi loyihasi amalga oshiriladi. 

Yerni yuqoridan kuzatishga mo‘ljallangan Göktürk-1 sun'iy yo‘ldoshi shu markazda sinovdan o‘tkaziladi. 

Foto:aa.com.tr

Markaz Turkiyaning bir necha yirik idoralarining birgalikdagi sa'y-harakati natijasida ishga tushirilgan: Milliy mudofaa vazirligi, Transport, kemasozlik va kommunikatsiyalar vazirligi, Mudofaa sanoati kotibiyati hamda TÜRKSAT. USET markazi boshqaruvi TUSAŞ aerokosmik kompaniyasiga topshirilgan. 

Markaz 3,8 ming kvadrat metr maydonga ega hududda joylashgan. Bu bir vaqtning o‘zida 5 tonnadan kam bo‘lgan vaznga ega, bir necha sun'iy yo‘ldoshni sinash va ishlab chiqarish imkonini beradi. 

Foto:aa.com.tr

Bunday turdagi markazlar dunyoning bir necha mamlakatidagina faoliyat yuritadi. 

Sinovlar tashqi dunyodan izolyatsiya qilingan inshootda, orbital sharoitlarga yaqin muhitda o‘tkaziladi. 

Ko‘proq yangiliklar: