Suriyada zo‘ravonlik darajasi pasaygani qayd qilindi

Jahon 20:22 / 19.11.2017 8662

Rossiya, Eron va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov, Muhammad Javod Zarif va Mavlut Chovusho‘g‘lu Antalyadagi uchrashuvda Suriyada zo‘ravonlik darajasi pasayganini qayd qilishdi. Bu holat Suriyadagi inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal qilishga o‘tishga imkon beradi. Bu haqda Lavrovning uchrashuv natijasi bo‘yicha izohlarida ma'lum qilingan.

Vazirlar Antalyada 19 noyabrda uchrashdilar. Uchrashuv Suriyadagi vaziyatni hal qilishga bag‘ishlandi. Ushbu muzokaralar oliy darajadagi Rossiya-Eron-Turkiya sammiti oldidan o‘tkazildi. Sammit esa 22 noyabrda Sochida bo‘lib o‘tadi.  

Muzokaralar 2 soatga yaqin davom etgan.

“Vazirlar Suriyadagi vaziyatni hal qilish bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha fikr almashishdi. Suriyadagi harbiy-siyosiy vaziyatning asosiy tendensiyalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar Suriyada zo‘ravonlik darajasi pasayganini qayd qilishdi”, deb aytilgan xabarda.

Bundan tashqari, vazirlar Sochida o‘tadigan Suriya milliy muloqoti kongressining yig‘ilishiga tayyorgarlikni muhokama qilishgan.

Uch davlat vazirlari Suriya milliy muloqoti kongressini tashkillashtirishning barcha asosiy masalalari bo‘yicha tavsiyalar yuzasidan kelishib oldilar. Bu tavsiyalar haqida Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlariga ularning Sochidagi uchrashuvi oldidan hisobot beriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: