O‘zbekistonda benzin tanqisligi bilan kurashish uchun 250 mln. dollar ajratiladi

O‘zbekiston 10:11 / 16.11.2017 28647

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi neft va neft mahsulotlari importi uchun respublika byudjyetidan neftni qayta ishlash zavodlariga 2 trillion so‘m (250 million dollarga yaqin) ajratadi.

Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bu boradagi tegishli qarori 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi veb-saytida e'lon qilindi.

"O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga: 2017 yilning oxiriga qadar “O‘zneftmahsulot” AJ neftni qayta ishlovchi zavodlariga 2 trillion so‘m miqdoridagi foizsiz byudjyet ssudalarni, uglevodorod xomashyosi va tayyor neft mahsulotlari importiga maqsadli yo‘naltirish orqali ajratishni ta'minlasin", - deyiladi hujjat matnida.

Qaror bilan respublika korxonalari tomonidan import qilinuvchi uglevodorod xomashyosi, mulkchilik shakli va foydalanish maqsadlaridan qat'i nazar, 2020 yilning 1 yanvariga qadar bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etildi. “O‘zneftmahsulot” AJ neftni qayta ishlovchi korxonalari xuddi shu muddatga daromad solig‘idan ozod etildi, bu mablag‘lar esa ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hamda oshirishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Mirziyoyev Moliya vazirligiga 2017 yilda, neft mahsulotlariga bozor bahosi belgilanishiga o‘tish munosabati bilan, davlat byudjyetining tegishli xarajatlar bandlari va davlat investitsiya dasturining parametrlarini oshirish haqida topshiriq berdi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: