Moskvadagi kvartira narxidek turadigan brilliant iPhone X tayyorlandi

Fan-texnika 20:00 / 15.11.2017 10871

Rossiyaning qimmatbaho smartfonlar va aksessuarlar brendi Caviar 344 dona qora brilliant bilan bezalgan iPhone X smartfonini yaratganini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya vakili ma'lum qildi.

“Rossiya boyligi” deb nomlangan kolleksiyaga kirgan telefonning narxi 2,4 mln rublni yoki 40 ming dollarni tashkil qildi. Hozirda bunday pulga Moskvada bir xonali kvartira xarid qilish mumkin.

“Bugun Caviar qora ikra va Imperator tojiga bag‘ishlangan iPhone X’ni taqdim qiladi”, deb aytgan kompaniya vakili. Ushbu iPhone X korpusi oltin bilan qoplangan hamda  brilliant va yoqutlar bilan bezalgan. Ushbu smartfon yagona nusxada yaratildi.   

Foto: Caviar

Caviar iPhone X modeli korpusi osyotr balig‘i ikrasining fakturasiga o‘xshash bajarilgan va antiqa relef hosil qiladi. Korpus shuningdek Rossiya gerbi va madhiyasidan so‘zlar bilan bezalgan.  

Caviar kompaniyasiga italiyalik zargar Iliya Jakometti tomondan asos solingan. Ushbu firmaning birinchi buyumi 2001 yilda taqdim qilingan. “Caviar” so‘zining tarjimasi ikra deganidir.

Ko‘proq yangiliklar: