Tramp Sharqiy Osiyo davlatlari sammitiga kelmadi

Jahon 15:05 / 14.11.2017 9333

AQSh prezidenti Donald Tramp Sharqiy Osiyo mamlakatlari sammitiga tashrif buyurmagan holda Filippinni tark etdi. Bu tadbirlar jadvali o‘zgargani tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Trampning samolyot bortida ma'lum qilishicha, u buning o‘rniga avvaldan tayyorlab qo‘ygan mulohazalarini davlat rahbarlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tushlik davomida bildirgan.

Trampning o‘rniga AQSh davlat kotibi Reks Tillerson sammitda qatnashadi.

Ta'kidlanishicha, uchrashuv tashkilotchilari belgilangan vaqtdan taxminan 90 daqiqaga kechikishgan.

Avvalroq Filippin aholisi Trampning mamlakatga kelishiga qarshi chiqqani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: