Manba: Pxenyan AQShga yadroviy zarba berishga tayyorligi haqida Rossiyani xabardor qilgan

Jahon 01:43 / 12.11.2017 27214

Shimoliy Koreya delegatsiyasining oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga berilgan maktubida Pxenyanning AQShga zarba berishga tayyorligi haqida so‘zlangan. Bu haqda nomi aytilmagan manbaga iqtibos keltirgan holda “RIA “Novosti” axborot agentligi xabar qildi.   

“Vladimir Putin nomiga yozilgan va Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko orqali berilgan xatda Pxenyanning AQShga yadroviy zarba berishga tayyorligi aytilgan. Bu xat mazmuni AQShga yetkazilgan, shundan keyin Vashingtonning Shimoliy Koreya bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgargan”, deb aytgan manba.

Oktyabrda Shimoliy Koreya vakili Matviyenkoga Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning Putinga yozgan xatini topshirgan. Matviyenko bu Shimoliy Koreya yetakchisining Donald Trampning BMTdagi nutqiga tabiiy munosabati bo‘lgani va unda “hech qanday olamshumul narsa yo‘qligini” aytgan.  

 

Ko‘proq yangiliklar: